Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi

11.11.2015

Uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston avtotransport vositalaridan yoʻl yigʻimlari stavkalarini tenglik asosida qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 6.11.2015 yildagi 318-son Qarori bilan Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga (VMning 28.09.1999 yildagi 447-son Qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi.  

 

 

Stavkalarga izoh qoʻshildi, unga muvofiq uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekistonga tashishda va respublika hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175,0 AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha yigʻim undiriladi.

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.