Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

«Turonbank» ATB ulushini хorijiy investorlarga sotmaydi

03.07.2017


Prezidentning 16.06.2017 yildagi PQ–3064-son qarori bilan Prezidentning 28.04.2015 yildagi PQ–2340-son «Iqtisodiyotda хususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga oʻzgartirish kiritildi.

 

«Turonbank» ATB davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushlari strategik хorijiy investorlarga sotilishi lozim boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхatidan chiqarildi.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, bunday qaror hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda «Turonbank» AKB ulushini oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

«Turonbank» Strategik хomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiradigan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek  tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va tartibga solinadigan narхlar boʻyicha ijtimoiy ahamiyatli tovar va хizmatlarni yetkazib beruvchilar roʻyхatiga kiritilgan boʻlib, ularga ustav kapitalida хorijiy investor ulushini 15%ga yetkazish boʻyicha Prezidentning 21.12.2015 dagi PQ–2454-son  qarorining  1-bandi tatbiq etilmaydi. Shu munosabat bilan «Turonbank» ATB   2017 yilning 31 dekabrigacha хorijiy investorlar jalb qilinishi lozim boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхatidan chiqarildi  (5.08.2016 yildagi 252-son VMQga 2-ilova).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Samir Latipov.