Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uchuvchisiz uchish qurilmasini toʻgʻri boshqaring

14.12.2016

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-son «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi hamda 2016 yil 18 oktyabrdagi 349-son «Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiyaning parvoz qilish asosiy qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1723-8, 2016 yil 6 dekabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, belgilanishicha, uchuvchisiz uchish qurilmasi (keyingi oʻrinlarda - qurilma) parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorida* uni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qoʻllanma boʻlishi shart.

 

Qurilma parvozi sutkaning yorugʻ vaqtida, oddiy meteosharoitlarda va qurilma bilan doimiy vizual kontaktda boʻlganda bajariladi.

 

Qurilma parvozi:

 

odamlar, bino va inshootlar, transport vositalarigacha 30 m dan;

 

dam olish maskanlari, oʻyin maydonlari, sport va ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylargacha 150 m dan;

 

aerodromlar, vertolyot maydonlari, davlat idoralari, temir yoʻl va avtomobil vokzallarigacha (stansiyalarigacha) 5 km dan kam boʻlmagan masofada bajariladi.

 

Hujjatga bir qator boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 12 dekabrda kuchga kirdi.

 

__________

* Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori – arizachining** uchuvchisiz uchish qurilmasi boshqaruvini bevosita amalga oshiruvchi mansabdor shaхsi.

** Arizachi – Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekistonning samoviy hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish ruхsat etilgan Oʻzbekiston yuridik shaхsi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.