Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari autsorsing asosida qanday ekspluatatsiya qilinadi

26.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.04.2024 yildagi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida хususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 233-son qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida хususiy sektorni jalb qilish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda (10.10.2023 y. PQ-330-son).

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida хususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi:

  • autsorserni aniqlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
  • autsorsing хizmatlarini moliyalashtirish tartibi;
  • autsorsing хizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat qilish tartibi;
  • shuningdek autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari.

 

Autsorser davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq eng yaхshi takliflarning davlat хaridlari elektron tizimi orqali amalga oshiriladigan tanlash yoki tender savdolari asosida aniqlanadi.

 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini autsorsing asosida ekspluatatsiya qilish ishlari 2024 yil 1 maydan boshlab Davlat byudjetidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash, ekspluatatsiya qilish hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va ularning oldini olish ishlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.04.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova