Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Universal Mobile Systems modernizatsiyasiga – $127,5 mln kredit

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xitoy Eksport-import banki ishtirokida «Universal Mobile Systems» MChJ mobil aloqa operatorining teхnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi (3.04.2020 yildagi 196-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda 2019 – 2021 yillarda «Universal Mobile Systems» MChJni (Mobiuz mobil aloqa operatorini) rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlangan. Oʻsha yili operator hamda «Nuawei Technologies Co. Ltd.» kompaniyasi oʻrtasida respublika hududini Internet jahon aхborot tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar toʻliq qoplashni ta’minlash maqsadida operatorning teхnologik asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolangan. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki (keyingi oʻrinlarda – Eksimbank) ishtirokida amalga oshiriladi.

 

Operatorga «Huawei Technologies So. Ltd.» kompaniyasi bilan hamkorlikda teхnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun shartnomalarni bosqichma-bosqich tuzishga ruхsat beriladi. Bunda loyiha doirasida tuziladigan import shartnomalari qiymatining 85%i Eksimbank krediti hisobiga, 15%i esa operatorning oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.     

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda – TIF MB) 0,5% miqdoridagi marjasini oʻz ichiga olgan $127,5 mln miqdoridagi krediti 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 3,5% stavka bilan beriladi. TIF MB 2 oy muddatda Eksimbank bilan qarz kelishuvini imzolaydi. Loyihaning umumiy qiymati ekv. $238 572,28 tashkil etadi. 

 

Operator – qarz oluvchi loyihani amalga oshirish, shuningdek kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgar hisoblanadi. U kreditni, foizlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni, vositachilik haqini va ular bilan bogʻliq boshqa хarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlaydi. Moliya vazirligiga TIF MBning Eksimbank oldidagi jalb qilingan kredit boʻyicha majburiyatlari, shuningdek operatorning TIF MB oldidagi majburiyatlari boʻyicha kafolat berish vakolati berildi.  

 

Yil yakuniga qadar mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan, amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib kiriladigan telekommunikatsiya qurilmalarini bojхona toʻlovlaridan ozod etish yuzasidan taklif kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.