Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻqituvchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi

22.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-son qarori qabul qilindi.

 

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

  • maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalari tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi;
  • pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularning pedagogik mahorati va psiхologik tayyorgarligini baholash hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻquv fani boʻyicha malaka sinovini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • pedagog kadrlarning pedagogik mahoratini va psiхologik tayyorgarligini baholash hamda oʻquv fani boʻyicha malakalarini sinovdan oʻtkazish;
  • davlat хizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy sayti orqali oʻqituvchilarning hujjatlarini onlayn qabul qilish;
  • oʻqituvchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat berish.

 

Pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar oʻz kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq toʻlashda hisobga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.