Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan boshlab kasallik varaqalari: dastlabki 5 kunni kim toʻlaydi – ish beruvchimi yoki Jamgʻarma Elektron hisobvaraq-faktura: qachon, qanday shaklda va qaysi muddatlarda taqdim qilinadi, kim imzolaydi Elektron hisobvaraq-faktura: qachon, qanday shaklda va qaysi muddatlarda taqdim qilinadi, kim imzolaydi

Oʻqituvchilarni sertifikatlashning yangi tizimi nima beradi

31.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.07.2026 yildagi "Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 411-son qarori qabul qilindi.

 

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va huquq sohasidagi pedagoglarning bilim va pedagogik koʻnikmalari darajasini aniqlash hamda ularga milliy sertifikatlar berish nazarda tutilmoqda.

 

Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hind va uygʻur tillarini bilish darajasini testdan oʻtkazishning koʻp bosqichli tizimi (Multi-level) joriy etiladi.

 

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikatlar berish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik koʻnikmalarini tasdiqlash uchun malaka imtihonlarini tashkil etish;
  • imtihon topshiriqlarini ishlab chiqish;
  • boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikatlar berish va ularning reyestrini yuritish;
  • malaka imtihonlari natijalariga oid apellyatsiyani koʻrib chiqish;
  • davlat хizmatlari koʻrsatish uchun toʻlovlarni amalga oshirish va qoplash.

 

Hujjat bilan boshlangʻich sinf oʻqituvchisining bilim darajasi va pedagogik kompetentligi toʻgʻrisidagi milliy sertifikatning davlat namunasi tasdiqlandi.

 

Malaka imtihoni natijalariga koʻra, talablarni bajargan boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga uch yil davomida amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C elektron sertifikati beriladi.

 

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda barcha fanlardan tegishli ta’lim tiliga muvofiq dars beradigan oʻqituvchilarga sertifikatning amal qilish muddati davomida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ularning shtat maoshining 15 foizi miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                  Lola Abduazimova