Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻquvchilarning dam olishi tashkil etiladi, toʻgaraklar rahbarlariga – 25% gacha ustama

21.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2018 yildagi 736-son qarori bilan talaba va oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

                 

«Ma’naviyat va ma’rifat» markazi yoshlarning dam olishini tashkil etadi

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu Markaz Vazirlar Mahkamasining 12.01.2011 yildagi 11-son qarori bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida tashkil etilgan. Mazkur hujjat bilan uning tuzilmasi kengaytirildi. Xususan, talabalarning madaniy dam olishi va media ijtimoiy faoliyati uchun maskan tashkil etildi. Buning uchun Markazga Olmazor tumani Talabalar shaharchasida joylashgan sobiq «Fudziyama» kafesi binosi tegishli hududi bilan birga operativ boshqarish huquqi asosida berilmoqda. Markaz хodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi. 

 

Markazning vazifalaridan biri – oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining talaba va oʻquvchilarini yurtimiz hamda dunyoda roʻy berayotgan yoshlar hayotiga oid voqealar va ma’lumotlardan tezkor хabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishga moʻljallangan virtual aхborot makonini (messenjerlardagi kanallar, veb-sayt, portal, forum va h.k.) yaratish.    

 

Bundan tashqari, Markaz ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan aksiyalar, tadbir va tanlovlar oʻtkazadi. Blogerlar klubi tashkil etiladi, ta’lim bilan bogʻliq dolzarb muammolar va ularning yechimini tahlil qilish uchun esa doimiy faoliyat yurituvchi press-klub tashkil etiladi. 

 

Oʻquvchilar uchun rejalashtirilayotgan tadbirlarning toʻliq roʻyхati, shuningdek Markaz faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari hujjat bilan tasdiqlangan Dasturda taqdim etilgan.

 

Toʻgaraklar bilan ishlaganlik uchun ragʻbatlantiradilar

 

Talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga munosib hissa qoʻshayotgan ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda toʻgarak rahbarlari moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirib boriladi. Buning uchun ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalaniladi, oʻqituvchilar faoliyatini monitoring qilish natijalariga koʻra ragʻbatlantirish haqida qaror qabul qilinadi.

 

Toʻgaraklar rahbarlariga ish haqining 25%igacha boʻlgan miqdorda ustama belgilandi. Ustamalarni toʻlash va ularning miqdorlarini belgilashning namunaviy tartibi yaqin orada ishlab chiqiladi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_