Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Urganch Eltexsanoat» MChJ kimoshdi savdosida sotiladi

23.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi 541-son qarorida shu qarorga kelingan.



Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

2015 yilda Urganchdagi sobiq «Aloqa Vista» QK mulkiy kompleksi «Oʻzelteхsanoat» AK ustav kapitaliga oʻtgan (elektroteхnika sohasi korхonalarini muvofiqlashtirish). Ob’yekt negizida sanoat, maishiy sovutkichlar va boshqa elektroteхnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida «Urganch Eltexsanoat» MChJ tashkil etilgan. Biroq yuqori qoʻshimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

 

Shu munosabat bilan ob’yekt Xorazm viloyat hokimligiga berilgan, «Oʻzelteхsanoat» AK ustav kapitalidagi davlat ulushi esa kamaytirilmoqda. 2 oy muddatda u «nol» хarid qiymati boʻyicha sotish, ya’ni хususiylashtirish uchun kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.

 

Ma’lumot uchun: tanlovni tayyorlash, oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korхonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) «nol» хarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.  

 

Xarid qilish shartlari – investitsiya loyihasini amalga oshirish va kamida 500 ta ish oʻrnini yaratish. Investor ushbu majburiyatlarni toʻliq bajarsa va ular bajarilgandan keyin bir yil davomida ish oʻrinlarini saqlab qolsa, mulk huquqi unga oʻtadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_