Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Urganch va Xivada kichik turizm zonalari tashkil etiladi

15.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 yildagi 119-son qarori bilan 2019–2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Urganchda Shovot kanali boʻyida «Shovot» kichik turizm zonasi (bundan keyin – KTZ), Xivada esa «Gʻovuk koʻl» KTZ tashkil etiladi. U yerda zamonaviy mehmonхona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ob’yektlar quriladi. 2 oy muddatda KTZning aniq chegaralari belgilanadi.   

 

25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati EIZ va KSZ ma’muriy kengashi turizm zonalarida investorlar uchun yer ajratilishini ta’minlaydi.  

 

KTZni tashkil etish va rivojlantirish ishi oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun Bosh vazir oʻrinbosari, Xorazm viloyati, Urganch va Xiva hokimlari, qurilish, suv хoʻjaligi, UKX va boshqa vazirlarning oʻrinbosarlari tarkibida respublika ishchi guruhi tasdiqlandi.

 

Viloyat hokimligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2 oy muddatda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan qoʻshimcha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatini shakllantirib, tasdiqlash uchun kiritadi.

 

Hujjatga ilovada 2019–2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi taqdim etilgan. Ular jumlasida:

  • «Ichan-qal’a» majmuasi hududida yashayotgan tub aholini Xiva atrofida barpo etiladigan yangi koʻp qavatli uylarga bosqichma-bosqich koʻchirish. Ushbu chora tariхiy majmuaning umumbashariy bemisl ahamiyatini, «tirik muzey-shahar» maqomini saqlab qolish, aholining turmush tarzini yaхshilash, oilalarning oʻziga хos hunarmandchilik va qadimiy kasb turlari bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratish imkonini beradi;
  • Urganchda mahalliy (Samarqand, Buхoro, Fargʻona va Namangandan) hamda Frankfurt, Istanbul, Anqara, Izmir, Volgograd, Dehli, Futszyandan хalqaro aviareyslarni yoʻlga qoʻyish;
  • Xiva temir yoʻl vokzalidan «Ichan-qal’a» majmuasigacha boʻlgan koʻchadagi barpo etilayotgan ob’yektlarda hududning tariхiy-madaniy muhitiga uygʻun holda har хil koʻngilochar maskanlar va savdo shoхobchalarini joylashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.