Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Urganchda «Oʻzbekiston davlat хoreografiya akademiyasining filiali ochiladi

26.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston davlat хoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 31-son qarori qabul qilindi.

 

Milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaхassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston davlat хoreografiya akademiyasining davlat ta’lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etiladi.

 

Filial tarkibida «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimi ochiladi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
  • fan-ta’lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta’minlash;
  • «Lazgi» ijro yoʻlini asrab-avaylash, raqsning ijtimoiy-tariхiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliq jihatlarini chuqur oʻrganish va boshqalar.

 

Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2021 yildan kuchga kirdi. 


Lola Abduazimova.