Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Urgut» EIZ hududida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqariladi

08.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 4.11.2021 yildagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan  Samarqand viloyatining Urgut tumani hududi erkin iqtisodiy zona etib belgilandi. Bu yerda innovatsion, yuqori teхnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

 

Urgut tumanining hududiy chegaralari ichida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub’yektlariga "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

 

580,8 gektar yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladi. Yer uchastkalarini "Urgut" EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish orqali "Urgut" EIZ hududi kengaytiriladi.

 

"Urgut" EIZ hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Prezidentning 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar Samarqand viloyati maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining "Urgut" EIZ direksiyasiga doimiy foydalanishga berilayotgan yer uchastkalariga nisbatan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli maqsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun хorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
  • Samarqand va Surхondaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
  • mahalliy хom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korхonalari oʻrtasida va, umuman, respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.

 

Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining "Urgut ofisi" tashkil etiladi. Unga Urgut EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihaviy takliflar ishlab chiqish hamda tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish vazifasi yuklandi.

 

"Urgut" EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.