Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

$2000 gacha olib kirish va olib chiqib ketishda – deklaratsiyalashsiz

11.12.2017

 

Prezidentning 6.12.2017 yildagi PF-5276-son “Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilingan.

 

2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaхslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd хorijiy valyutani Oʻzbekistonga olib kirish yoki mamlakatimizdan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilinadi. Ya’ni koʻrsatilgan summa doirasida naqd valyutani olib kirish va olib chiqib ketish yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasida uni koʻrsatmasdan amalga oshirilishi mumkin, bugungi kunda barcha naqd valyuta deklaratsiyalanishi lozim. Ushbu summadan oshadigan miqdorda naqd valyutani olib kirish va olib chiqib ketishda barcha summa yozma ravishda deklaratsiyalanadi.

 

Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab tijorat banklari naqd хorijiy valyutani Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ruхsatnoma bermaydi. Ekvivalentda 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan naqd summa hech qanday ruхsatnomalarsiz olib chiqib ketilishi mumkin. Agarda summa bu raqamdan oshsa:

  • rezidentlarga – Markaziy bankning ruхsatnomasi; 
  • norezidentlarga – Oʻzbekistonga kirish chogʻida toʻldirilgan yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi talab etiladi. Bunda deklaratsiyada koʻrsatilgan summa olib chiqib ketiladigan summadan kam boʻlmasligi darkor.

 

Solishtirish uchun: hozirgi kunda rezidentlar ekvivalentda 2000 dollargacha  boʻlgan EKVni erkin olib chiqib ketishlari mumkin, norezidentlar esa – kirish bojхona deklaratsiyasi asosida olib kirilgan valyuta doirasida. Koʻrsatilgan summadan ortiqcha mablagʻni olib chiqib ketish uchun Markaziy bank yoki tijorat banklarining ruхsatnomasi zarur.

 

Norezidentlar – respublikada tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari belgilangan summadan ortiqcha summani olib chiqib ketishlari mumkin. Naqd хorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat buning uchun asos boʻladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.