Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimlik yogʻi importi QQSdan ozod etildi

03.05.2021

Rus tilida oʻqish

29.04.2021 yildagi “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-689-son Qonun qabul qilindi.

 

Unga asosan, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:

  • respublika hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
  • oʻsimlik yogʻini (paхta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.

 

2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda kungaboqar va paхta urugʻlari, shunnigdek kungaboqar va paхta yogʻiga nisbatan eksport bojхona bojlari kiritiladi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari tomonidan import qilingan kungaboqar yogʻi va kungaboqar urugʻlarini qayta ishlash natijasida olingan oʻsimlik yogʻining (TIF TN boʻyicha kodi 1512 11 - 1512 19) 50%idan oshmagan qismini eksport qilishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.