Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarori (roʻyхat raqami 2830, 2016 yil 5 oktyabr) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Usta-murabbiylar uchun ish hajmlari belgilandi
Usta-murabbiylar uchun ish hajmlari belgilandi
11.10.2016

Ustalarning shaхsiy yillik ish rejasi 1865 soatdan iborat. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan koʻrsatilgan soatlar doirasida ish rejasining boʻlimlari (nazariy va amaliy oʻquv yuklamasi; ishlab chiqarish ta’limi; tarbiyaviy ishlar) boʻyicha soatlar hajmi 30 foizgacha kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin. Shuningdek pedagogik kengash ustalarning ish rejasiga Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan, biroq ta’lim jarayoniga oid boshqa ish turlarini kiritishi mumkin.
Hujjat bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari ham tasdiqlandi. Bu ustalar bajaradigan ishlar hajmini aniqlash va ularning ish rejalarini shakllantirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror 2016 yil 10 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 19 may№ 20
- Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy
- Qoʻshimcha haq haqida...
- «Oʻzbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Xodimlarni bepul ovqatlantirishga doir
- Uyni saqlash boʻyicha toʻlovlar elektr energiyasi toʻloviga bogʻlanadi


