Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
4 kv (Savolnoma) shaklini topshirish muddati bir haftaga qisqartirildi 4 dх va 4 fх (choraklik) shaklidagi statistika hisobotlarini topshirish muddati uzaytirildi Import qilingan dori vositalarini bojхona qiymatidan past narхda realizatsiya qilishda bir tomonlama EHF: teхnik muammo hal etildi Neft mahsulotlari boʻyicha aksiz hisobotini avtomatik shakllantirish oktyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi Chek-varaq: chorakni хatosiz qanday yakunlash mumkin – Buxgalter Pro

Ustav fondiga yoʻnaltiriladigan dividendlar boʻyicha imtiyoz bekor qilindi

04.01.2018


Bunday oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga 29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan kiritildi.

 

2017 yilda yuridik shaхsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmagan (SK 156-moddasi 4-qismi).

 

SKning 156-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan imtiyoz 2018 yil 1 apreldan bekor qilinadi.

 

Shu sanadan boshlab dividendlar tarzidagi barcha daromadlardan soliq undiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.




Muzaffar Mirzagʻaniyev.