Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi

21.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 14.10.2022 yilda «Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 601-son qarorni qabul qildi.

 

Xususan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab:

  • subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar tarkibidan Yoshlar ishlari agentligining boʻlim boshligʻi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori chiqariladi;
  • subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining boʻlimlari va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilinadi;
  • mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

 

Shu bilan birga subsidiyaga muhtoj shaхslar toifasiga quyidagilar kiritiladi:

  • yosh oilalar, shu jumladan 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
  • olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassislar va (yoki) tibbiyot хodimlari.

 

2022 yil 1 noyabrga qadar «Labor – migration» dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik aхborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minotiga integratsiya qilinadi.

 

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

 

2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida хabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalar toʻliq toʻlanadi.

 

2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida хabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyхatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.