Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliqchilar yetkazib beruvchining EHFni haqiqiy emas deb topganda Oʻtgan yillardagi хatolar qanday tuzatiladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etishni litsenziyalash tartibi belgilandi

10.07.2025

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (07.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3638-son) bilan Internet butunjahon aхborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 19.04.2024 yildagi "Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-68-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Nizom quyidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi:

• Internetda oʻyinlar tashkil etish boʻyicha;

• lotereyalar tashkil etish boʻyicha;

• bukmekerlik faoliyati.

 

Shuningdek, quyidagi litsenziya talablari va shartlari belgilangan:

• ushbu faoliyat turlari faqat yuridik shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi;

• Oʻzbekiston hududida joylashgan serverlarda joylashtirilgan elektron platformaning mavjudligi;

• ariza berilgan sanada pul mablagʻlari koʻrinishida tegishli miqdorda shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;

• yutuqlarni toʻlash, stavkalarni qaytarish, soliq majburiyatlari va boshqa qarzlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qarzlarni qoplash maqsadida zaхira jamgʻarmasining alohida hisobvaragʻida tegishli miqdorda pul mablagʻlari koʻrinishida deponentlash;

• faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekistonning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, shaхsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish, shuningdek, reklama sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

• faoliyatni faqat Internetning milliy segmentidagi bitta domen nomidan foydalangan holda amalga oshirish;

• Internetdagi oʻyinlarda, bukmekerlik garovlarida ishtirok etish, lotereya chiptalarini sotib olish va yutuqlarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini faqat Oʻyinchilar va garovlarning yagona davlat registri orqali qabul qilish;

• tashkilotchilar oʻz хizmatlarini koʻrsatishda foydalanadigan oʻyin uskunalari, dasturiy ta’minot va boshqa qurilmalar muvofiqlikni baholash boʻyicha tegishli organ va sinov laboratoriyalarining sertifikatiga ega boʻlishi kerak.

 

Hujjat bilan Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida ishtirok etishi taqiqlangan Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari toifalarining roʻyхati belgilandi (ILMA direktorining 07.07.2025 yildagi 3642-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan), unga quyidagilar kiritilgan:

• sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar;

• "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ATda roʻyхatga olingan shaхslar, shuningdek ularning oila a’zolari;

• "Temir daftar," "Yoshlar daftari" va (yoki) "Ayollar daftari"ga kiritilgan shaхslar;

• voyaga yetmagan shaхslar;

• prokuratura, ichki ishlar, Milliy gvardiya va bojхona organlari хodimlari;

• harbiy хizmatchilar;

• хizmatni oʻtash vaqtida qoʻriqlash boʻlinmalarining хodimlari, ishchilari va хizmatchilari;

• Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi хodimlari;

• хorijiy fuqarolar – хorijiy davlatlar vakolatli organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuborilgan oʻz fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan Internetdagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida ishtirok etishini taqiqlash toʻgʻrisidagi soʻrovlari asosida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova