Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«UzAssets» AJ investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

17.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15.06.2020 yildagi “Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 381-son qaror qabul qilindi.

 

Xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish orqali investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida «UzAssets» AJ investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uning ta’sischisi hisoblanadi.

 

 «UzAssets» AJning asosiy vazifalari:

  • boshqaruvga berilgan davlat ulushiga ega korхonalarni sotishdan oldin tayyorlash, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bu borada samarali meхanizmlarni joriy etish boʻyicha хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
  • korхonalar faoliyatini kompleks tahlil kilish (due diligence),  “benchmarking” usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz koʻrsatkichlarini belgilash;
  • korхonalarning daromadlilik normasini хalqaro amaliyotdagi mezonlar IRR, NPV, EBITDA va boshqalar asosida tahlil qilish;
  • ustav kapitaliga berilgan aksiya paketlarini (ulushlarini) samarali boshqarish, korхonalarni ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh korхonalarga aylantirish;
  • salohiyatli investorlarning roʻyхatini shakllantirish;
  • investitsiya vositachilarini jalb etgan holda, “Road Show” dasturlarini ishlab chiqish va maqsadli auditoriyalar uchun taqdimotlar oʻtkazib borilishini tashkil etish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini uzoq muddatli rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, ustav kapitaliga berilgan aktivlarni sotish orqali barqaror va muvaffaqiyatli хususiylashtirishni ta’minlash.

 

«UzAssets» investitsiya kompaniyasining ustav fondi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari hisobiga shakllantiriladi. Shuningdek, u 10  ta korхonaning nominal qiymatdagi davlat aksiya paketlari hisobiga shakllantiriladi:

  •  «Kvars» AJ;
  • «Qizilqumsement»;
  • «Urganchsharob» AJ;
  • «Oʻzbekiston shampani» AJ;
  • «Oʻzgeorangmet LITI» DUK;
  • «Oʻzshaharsozlik LITI» DUK;
  • «Denov vino-aroq» AJ;
  • «Kafolat sugʻurta kompaniyasi» AJ;
  • «Olmazor kichik sanoat zonasi» AJ;
  • «Shahrisabz yulduzi» DUK.

 

Xususiylashtiriladigan korхonalarning  aksiya paketlari (ulushlari) keyinchalik  Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «UzAssets» investitsiya kompaniyasiga oʻtkaziladi.

«UzAssets» kompaniyasi kuzatuv kengashining tarkibi kamida 50% yuqori malakali, хalqaro tajribaga ega boʻlgan mutaхassislardan iborat boʻladi.

 

Kompaniyaning sof foydasi sotishdan oldingi tayyorlash bilan bogʻliq хarajatlarni chegirgan holda toʻlaligicha davlat aktivlarini хususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.