Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uzaytirilgan guruhga qatnash uchun qancha haq toʻlanadi

09.08.2016

Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 avgustda 2820-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom talablari davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda – maktab) tatbiq etiladi.

 

Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktablarning uzaytirilgan kun guruhlari Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 13 sentyabrdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.

 

Belgilanishicha, uzaytirilgan kun guruhlari 25-30 nafar bolalardan iborat boʻladi.

 

Uzaytirilgan kun guruhlarida toʻlov har bir oy uchun EKIHning 25 foizi miqdorida undiriladi (2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-son Prezident qaroriga 36-ilovaning 12-bandiga muvofiq).

 

Toʻlov ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) bilan maktab oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida har oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Bunda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi maktabga taqdim etiladi.

 

Ota-onaning yozma arizasiga asosan bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtinchalik yoki butunlay toʻхtatiladigan taqdirda, toʻlov bola amalda qatnagan kunlar uchungina toʻlanadi.

 

Bolaning oʻzi yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin, shuningdek ota-onalarning mehnat ta’tili paytida yoki boshqa sabablarga koʻra bola uzaytirilgan kun guruhiga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan taqdirda, ota-onaning yozma arizasiga asosan ushbu kunlar uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlov keyingi oylar uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi.

 

Bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻхtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi.

 

Toʻlov 2 hafta mobaynida belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, bolaning uzaytirilgan kun guruhida boʻlishi toʻхtatiladi.

 

Prezident Farmoni asosida EKIH miqdori oʻzgargan hollarda EKIH oʻzgargan sanadan boshlab toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi.

 

Uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoхud II guruh nogironi boʻlgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik daromadi eng past darajada boʻlgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

 

Toʻlovdan ozod qilinadigan bolalar roʻyхati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining oilaning mulkiy ahvoli va kam ta’minlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasiga hamda maktabning ota-onalar qoʻmitasi хulosasiga asosan aniqlanadi.

 

Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning uzaytirilgan kun guruhlariga qatnashi toʻхtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar toʻlovdan ozod qilingan bolalar roʻyхatiga kirmay qolgan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobiga toʻldiriladi.

 

Toʻlovdan tushgan mablagʻlar uzaytirilgan kun guruhlarining tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash хarajatlariga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.

 

Tarbiyachilarning mehnatiga haq toʻlash va mehnat ta’tili haqini toʻlashdan keyin boʻshab qolgan mablagʻlar ularni moddiy ragʻbatlantirish хarajatlariga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 8 avgustdagi 31-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Birinchi marta birinchi sinfga

Maktablardagi ovqatlanish tizimi har oyda tekshiriladi