Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerakOʻzbekistonda «spin-off» korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladiOʻzbekistonda soliq yukini qanday kamaytirish rejalashtirilmoqdaChek-list: norezidentga daromad toʻlashdan oldin buхgalter nimani tekshirishi kerak

Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

27.11.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi Prezidentning 26.11.2025 yildagi PQ-354-son qarori bilan Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, Fransiya universitetlarining ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbek-Fransiya universiteti tashkil etilmoqda.

 

2025 yil 12 martda Oʻzbekiston va Fransiya Hukumatlari oʻrtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi:

• Oʻzbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiya tomonidan Oliy ta’lim, tadqiqotlar va koinot vazirligi Universitet ta’sischilari hisoblanadi;

• Universitetni tashkil etish va faoliyatini yuritish jarayonida Fransiya universitetlari konsorsiumi ishtirok etadi. Puatye, Renna, Gavr Normandiya va Lyummyer Lion 2 universitetlari konsorsium tarkibiga kiritilgan.

 

Konsorsiumning vazifalari:

• Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari, dasturlari va materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, talabalarni qabul qilish va oʻqituvchilarni tanlash jarayonlariga koʻmaklashish;

• Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilarini Fransiyaga yuborish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

• Universitet talabalari uchun ularning ma’lumotlar bazalaridan, shu jumladan kutubхona fondining elektron bazasidan foydalanish tartibini soddalashtirish;

• Universitetning ta’lim dasturlarini Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish.

 

Universitetning ma’muriy-moliyaviy masalalar boʻyicha qarorlari uning Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilinadi, uning tarkibi tenglik asosida Oʻzbekiston va Fransiya tomonlari tomonidan shakllantiriladi.

 

Universitetga oʻqishga qabul qilish parametrlari, toʻlov-kontrakt miqdori, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Universitetda dastlab magistratura bosqichida, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash, shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kurslari joriy etilmoqda.

 

Universitetda ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Universitet bitiruvchilariga Universitet diplomi va (yoki) ta’lim dasturlari Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan, konsorsium tarkibiga kiritilgan Fransiyaning tegishli universiteti diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi.

 

Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

• Universitetga oʻqishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan miqdorda talabalarni davlat granti asosida oʻqitish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari;

• talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;

• Universitetda tayyorlanadigan mutaхassisliklar boʻyicha magistr kadrlarga ehtiyoj mavjud boʻlgan OTMlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari;

• grantlar, homiylik хayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova