Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Oʻzbek tilini bilish fuqarolikni olishga yordam beradi

02.02.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2026 yildagi "Oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va chet el fuqarolariga malaka sertifikatlarini berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 31-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va хorijiy fuqarolarga malaka sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

• oʻzbek tili boʻyicha malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlarni roʻyхatga olish;

• sertifikatlar berish va sertifikatlar reyestrini yuritish. 

 

2026 yil 1 martdan boshlab chet el fuqarolari til bilishning bazaviy darajalari – A1, A2 va V1 boʻyicha CEFR mezonlari asosida imtihon topshirishlari mumkin. Oradan bir yil oʻtib, 2027 yil 1 martdan boshlab chet el fuqarolari uchun B2, C1 va C2 sertifikatlarini olish boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi. Ushbu imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazishga Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul boʻladi.

 

Oʻzbek tili boʻyicha V1 darajadan past boʻlmagan malaka sertifikatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar 2026 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili imtihonidan ozod etiladi.

 

Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ta’lim va malakalarni baholash ilmiy-amaliy markazi shugʻullanadi.

 

Markazga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanadi:

• malaka sertifikatini berish uchun onlayn imtihon tashkil etish;

• malaka sertifikatini olish uchun oʻtkaziladigan imtihonga nomzodlarni roʻyхatga olish, toʻlovlarni qabul qilish, imtihon oʻtkazish, natijalarni e’lon qilish, apellyatsiyalarni qabul qilish va elektron sertifikatlar berishni nazarda tutuvchi "Oʻzbek tilini bilish boʻyicha imtihon" elektron platformasini ishga tushirish;

• malaka sertifikatini berish uchun imtihon materiallarini (test topshiriqlarini) ishlab chiqish va boshqalar.

 

Malaka imtihonini topshirish muddatlari vakolatli organ (Bilim va malakalarni baholash markazi) tomonidan belgilanadi va imtihon platformasida e’lon qilinadi.

 

Nomzod imtihon platformasida roʻyхatdan oʻtadi va malaka imtihonida ishtirok etish uchun 50 AQSh dollari toʻlaydi.

 

Ta’kidlash joizki, Turizm qoʻmitasining "Oʻzbek akademiyasi" internet platformasi, хorijdagi oʻzbek milliy madaniy markazlari, respublika oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan oʻzbek tilini oʻqitish markazlari, shuningdek, Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalarida oʻzbek tili kurslarini oʻtash va malaka sertifikatlarini berish tizimi joriy etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                   Lola Abduazimova