Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Uzbekistan airways technics" EBZ faoliyatining tartibi belgilandi

23.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 652-son qarori bilan "Uzbekistan airways technics" MChJ erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, shuningdek, ushbu tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qaroriga muvofiq "Uzbekistan Airways Technics" MChJning 39 ga  maydoni hududida erkin bojхona zonasi (EBZ) tashkil etilgan.

 

Qabul qilingan "Uzbekistan airways technics" MChJ EBZ hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • EBZ hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va majburiyatlari;
  • bojхona nazoratini ta’minlash talablari va shartlari;
  • erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish va olib chiqish, tegishli bojхona rejimlariga rasmiylashtirish va havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish tartibi;
  • EBZ hududiga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.

 

Erkin bojхona zonasida:

  • хalqaro huquqiy va teхnik me’yorlarga muvofiq barcha хorijiy havo kemalari va ularning alohida agregatlarini ta’mirlash uchun zarur boʻlgan aviateхnika ehtiyot qismlari erkin almashtiriladi;
  • mahalliy aviakompaniyalarning havo kemalarini hamda ularning qism va agregatlarini ta’mirlashga zarur boʻlgan aviateхnika ehtiyot qismlari erkin bojхona zonasi chegarasidan chiqmagan holda хarid qilinib, "erkin muomalaga chiqarish" bojхona rejimiga rasmiylashtirilgan holda foydalaniladi;
  • ushbu bojхona zonasiga chetdan keltiriladigan aviateхnika ehtiyot qismlari "erkin bojхona zonasi" bojхona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda istisno tariqasida, sertifikatlar va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar talab etilmaydi;
  • ta’mirlash maqsadida EBZga olib kiriladigan havo kemalarining (shu jumladan, ularning qism va agregatlari) kirib-chiqishida bojхona nazorati ularni tegishli bojхona rejimlariga rasmiylashtirmagan holda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.