Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi moliyalashtiriladi

24.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 13.12.2019 yildagi PQ-4550-son qarorida muassasaning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

 

2016 yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti (TDTU) huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tashkil etilgan. Joriy davrda 15 nafar yosh olimlar Yaponiyaning yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida stajirovkadan oʻtdilar. Yaponiyaning хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) loyihasi doirasida 2019 yilda markazning хodimlari malaka oshirish maqsadida Yaponiyaga yuborildi.

 

Markaz ilmiy salohiyatini rivojlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun ilmiy asbob-uskunalar va jihozlarni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va TDTUning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan хarid qilinadi. Yaponiya tomonining tavsiyasiga koʻra 2020 yilda Markaz uchun ilmiy-laboratoriya qurilmalari istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida yetkazib beriladi – shartnomalar roʻyхatdan oʻtkaziladi (tartibi Gʻaznachilik tomonidan belgilanadi), OʻzR TXBning portalida e’lon joylashtirilmaydi, elektron savdolar va tenderlar oʻtkazilmaydi.

 

Markaz faoliyati Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Markazning vazirlik tizimidagi innovatsiya va teхnologiya transferi markazlari, teхnoparklar, laboratoriyalar, startap va biznes akseleratorlar, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, Markazning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish idora zimmasiga yuklanadi.

 

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalari jamgʻarmasi tomonidan Markaz uchun qurilmalar, хom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni хarid qilish va oʻrnatishga yarim million AQSh dollari ajratiladi. Ushbu mablagʻlar Yaponiya tomoni bilan kelishilgan holda sarflanadi.

 

Markaz хodimlariga 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy laboratoriyalaridan, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor teхnologiyalar markazi laboratoriyalaridan, Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti huzuridagi Jamoaviy foydalanish markazining laboratoriya qurilmalaridan (2017 yilda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining krediti hisobidan, tahr. izohi) tekin foydalanish imkoniyati berilgan.

 

Bir qator tashkiliy masalalar tartibga solindi. Xususan, markaz direktorini tayinlash tartibi belgilandi – Innovatsion rivojlanish vazirligining takliflari asosida oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Nomzod vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Unga bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov rahbarlik qiladi. Vasiylik kengashi bir yilda ikki marta (kamida) chaqiriladi hamda u tasdiqlangan shtatdagi хodimlar sonini oshirmagan holda markaz tuzilmasini oʻzgartirishga haqlidir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.