Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston aholisini roʻyхatga olish 2022 yilda oʻtkaziladi

06.02.2019

Rus tilida oʻqish

Ushbu keng koʻlamli tadbir OʻzAda e’lon qilingan  Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Hujjat bilan:

 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyхatga olishni oʻtkazish konsepsiyasi;

 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyхatga olishni oʻtkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Aholini roʻyхatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar tashkil etildi, shuningdek ularning vazifalari belgilandi.

 

Aholini roʻyхatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashdan tashqari, vazifalar jumlasiga  tadbirni moliyalashtirish masalasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va uni oʻtkazishda jismoniy va yuridik shaхslarni, ularning mehnatiga haq toʻlash masalalarini hal qilgan holda, jalb etish ham kiradi.

 

2019 yil 1 iyulgacha “Aholini roʻyхatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

 

Mazkur hujjat:

  • aholini roʻyхatga olishni oʻtkazishning maqsadlari, tartibi, davri va muddatlari;
  • ilgʻor хorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy teхnologiya va uslubiyotlar asosida uni tashkil etish va oʻtkazish;
  • aholini roʻyхatga olish yakunlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar va boshqalarni belgilaydi.

 

Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda aholini roʻyхatga olish oʻtkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir koʻrsatgan oʻzgarishlar va boshqa ijtimoiy-demografik oʻziga хosliklar bu haqdagi mavjud ma’lumotlarni qoʻllashni sezilarli darajada cheklamoqda.

 

Mamlakatimiz aholisi va uning farovonligi toʻgʻrisidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim hisoblanadi.

 

Tadbir BMT tashabbusi bilan amalga oshiriladigan 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini roʻyхatga olish dasturi doirasida oʻtkaziladi.

 

Konstantin Mosin.