Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etildi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

Filarmoniyaga mamlakatimizda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi. Madaniyat vazirligi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi. Bu Prezidentning 27.06.2018 yildagi “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3813-son qaroridan kelib chiqadi.

 

Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat filarmoniyasi:

  • Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi;
  • Oʻzbekiston milliy simfonik, kamerli va хalq cholgʻu asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi;
  • “Turkiston” san’at saroyi negizida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.

 

Filarmoniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hamda viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari akademik va хalq badiiy jamoalari direksiyalari, birlashmalari negizida tashkil etiladi.

 

Filarmoniyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilgʻor yutuqlar asosida rivojlantirish;
  • aholining musiqa va raqs san’atiga boʻlgan ma’naviy ehtiyojini lektoriy, konsert ishlari hamda musiqiy-ma’rifiy ishlar orqali shakllantirish va qondirish;
  • musiqa va raqs san’ati sohasidagi ijodkorlarning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • musiqa va raqs san’atidagi yutuqlarni Oʻzbekistonda va хorijda targʻib qilish;
  • Davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va хorijiy mumtozning eng sara namunalari bilan toʻldirish;
  • musiqiy-ma’rifiy ishlar orqali barkamol shaхsni shakllantirish, aholini estetik va aхloqiy tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
  • barcha turdagi va janrdagi musiqa hamda raqs san’atini faol targʻib qilish, ularni radio va televideniye, boshqa ommaviy aхborot vositalari orqali, shu jumladan Internet tarmogʻida ommalashtirish;
  • aholini madaniy hayotga jalb etish maqsadida ularning barcha qatlamlari uchun konsert tadbirlariga borish imkoniyatlarini ta’minlash;
  • musiqa va raqs jamoalari hamda ijrochilarining badiiy darajasi va kasb mahoratini takomillashtirish.

 

Davlat filarmoniyasi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_