Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston elektr energetika kompleksiga $457,8 mln yoʻnaltiriladi

05.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisida»gi 673-son qarori qabul qilindi.

 

27.07.2020 yilda Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va OTB oʻrtasida kreditni jalb qilish boʻyicha Memorandum imzolangan. 2020 yil 28 sentyabrda OTB Direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 15 yil muddatga qarz ajratilishi ma’qullangan.

 

«Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» investitsiya loyihasining umumiy qiymati 457,8 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslanuvi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ma’qullangan. Loyiha quyidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi:

  • 91 372,4 ming AQSh dollari – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ;
  • 250 000 ming AQSh dollari – Moliya vazirligi krediti;
  • 20 500 ming AQSh dollari – OTB krediti;
  • 62 604,6 ming AQSh dollari – Oʻzsanoatqurilishbank krediti;
  • 33 364,3 ming AQSh dollari – Rivojlanish jamgʻarmasi.

 

Energetika vazirligi investitsiya loyihasining amalga oshirilishida OTB qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, kreditni oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.

 

OTB tomonidan ajratilgan va Oʻzbekiston byudjeti хarajatlarini moliyalashtirish uchun moʻljallangan kredit 6 oylik LIBOR+0,5 foiz stavka bilan 200 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Kreditni soʻndirish, ular boʻyicha foizlar, majburiyat uchun toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekistonning respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» investitsiya loyihasi TIA asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etilayotgan OTB qarzini soʻndirish, foiz va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.