Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston fuqaroligini olish istagidagi nomzodlar uchun yangi хizmat tashkil etildi

16.08.2023

Rus tilida oʻqish

14.08.2023 yilda “Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2020 yil 28 sentyabrdagi 592-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.

 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan fuqarolikni olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun imtihondan oʻtish uchun arizani davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali topshirish imkoni yaratilmoqda.

 

Shuningdek, endilikda hududiy davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha hududiy imtihon komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar apellyatsiya berishlari mumkin.

 

Apellyatsiya davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali imtihon natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 5 kun ichida beriladi.

 

Ushbu holatda imtihon natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni oʻtkazilib, natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • apellyatsiyani qanoatlantirishda rad etish;
  • dastlabki imtihon natijalarini oʻzgartirib, apellyatsiyani qanoatlantirish;
  • dastlabki imtihon natijalarini bekor qilib takroriy imtihon tayinlash.

 

Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan sudga shikoyat topshirish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.