Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston gaz eksportini yiliga 3 451,78 mln kubga oshiradi

07.11.2017


Prezidentning 3.11.2017 yildagi PQ–3373-son «2017-2021 yillarda uglevodorod хom ashyosini qazib chiqarishni oshirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. 

 

ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC (BAA) kompaniyasi Oʻzbekistonda 248 ta gaz va 48 ta neft ekspluatatsiya quduqlarini quradi hamda 328 ta quduqni mukammal ta’mirdan chiqaradi.

 

Natijada tabiiy gazni qazib chiqarish hajmining oʻsishi yiliga 6 356,1 mln m3 ni tashkil etadi (uning 3 451,78 mln m3 eksport qilinadi). Gaz kondensatlari boʻyicha koʻrsatkichlar 114,72 ming tonnaga, neft boʻyicha esa –75,5 ming tonnaga oʻsadi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun «Oʻzbekneftgaz» AJ, uning idoraviy mansub tashkilotlari va «Natural Gas-Stream» QK mas’ul hisoblanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Samir Latipov.