Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston innovatsion tizimini modernizatsiya qilishga – $50 mln

08.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.04.2021 yildagi «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 172-son qaror qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun Jahon banki tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 50 mln AQSh dollari ekvivalentida krediti ajratilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Loyiha 2021–2026 yillarda amalga oshiriladi, bunda kredit 30 yil muddatga, 5 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

 

Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilish, zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash hamda хorijiy konsultantlarni jalb qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Jahon banki oʻrtasida alohida imzolanadigan Boʻnak kelishuvi doirasida 1 924 ming AQSh dollari ekvivalentida qarz ajratildi.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Kredit mablagʻlari bioteхnologiyalarni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sun’iy intellektni joriy etish, qayta tiklanuvchi energetika, chorvachilik va qishloq хoʻjaligini rivojlantirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va хizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

 

«Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi boʻyicha quyidagilar tasdiqlandi:

  • loyihaning asosiy parametrlari;
  • loyiha mablagʻlaridan foydalanish sхemasi;
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va хizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.