Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston intellektual mulk sohasidagi хalqaro hujjatlarga qoʻshildi

20.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz хalqaro tusga ega boʻlgan uchta hujjatga qoʻshildi.

 

Bunda quyidagilar haqida soʻz bormoqda:

 

 

  • Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasi (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) – 16.02.2019 yildagi OʻRQ–519-son Qonunga muvofiq (19.02.2019 yildan kuchga kirdi);

 

  • Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasi (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) – 16.02.2019 yildagi OʻRQ–520-son Qonunga muvofiq (19.02.2019 yildan kuchga kirdi).

 

Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda umume’tirof etilgan хalqaro huquq normalari ustuvor sanaladi. Ushbu normalar davlat miqyosida toʻlaqonli amalga oshirilishi uchun aksariyat qoidalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi. Huquqiy konstruksiyalarning normal ishlashi, shu jumladan ularni buzganlik uchun sanksiyalar qoʻllash bilan ta’minlanadi. Xususan, mamlakatimizda mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarining buzilishi qonun bilan ta’qib qilinadi (JKning 149-moddasiga qarang).

 

Shuni ham eslatib oʻtamizki, davlatimiz rahbari 8 fevraldagi qarori bilan intellektual mulk sohasidagi boshqaruv tizimini isloh qilib, yangi tartibotni joriy etgan. Bu haqda ilgari batafsil yozgan edik.

 

Hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilingan va kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.