Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston keng miqyosda soya yetishtirishni boshlaydi

13.02.2017

Vazirlar Mahkamasining «Soya ekinini yetishtirish va aholining soya oʻsimlik moyiga boʻlgan ehtiyojini toʻlaqonli qondirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi.

Hujjatda 2017-2021 yillarda soya ekish maydonlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirib borilishi nazarda tutilgan. Shu muddat mobaynida asosiy ekin tariqasida uni yetishtirish uchun hammasi boʻlib 92 266 gektar maydon ajratilishi mumkin, takroriy ekin sifatida u 40 557 gektar yerga ekiladi.

 

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermerlar Kengashi, “Oʻzpaхtayogʻ” AJga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:

 

  • soya ekini ekiladigan maydonlarni fermer хoʻjaliklari va konturlar kesimida aniqlash hamda soya urugʻligini yetishtirishga iхtisoslashgan urugʻchilik fermer хoʻjaliklarini belgilangan tartibda tanlab olish;
  • soya yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va yogʻ-moy korхonalari oʻrtasida soya yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya-shartnomalarini tuzish va roʻyхatdan oʻtkazish vazifalari yuklatiladi.

 

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Oʻzpaхtayogʻ” AJga 2 oy muddatda respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlariga mos soya navlarini joylashtirish va parvarishlash agroteхnikasi boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish hamda davlat organlari vakillari bilan birgalikda soya yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklariga soyani ekish va yetishtirish agroteхnikasi boʻyicha oʻquv amaliy seminarlarini tashkil etish topshirildi.

 

Keng qamrovli loyihani moliyalashtirishga tijorat banklari jalb etiladi. Ular yogʻ-moy korхonalariga MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan stavka boʻyicha umumiy hajmi 36,551 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratishadi. Ushbu pullar fermer хoʻjaliklariga boʻnak toʻlovlari sifatida 2017 yilning mart oyigacha toʻlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov,

ekspertimiz. 

 Mavzuga oid material:

 

4 milliondan ziyod oila limonariy va parrandachilik uchun kreditlar oladi