Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston madaniy merosi ob’yektlari yagona elektron bazaga kiritiladi

23.01.2018

 

Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoyishi e’lon qilindi.  

 

Hujjat bilan 2018-2023 yillarda moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Madaniyat vazirligi komissiyaning ishchi organi va faoliyatining tashkilotchisi sanaladi.

 

Komissiya tarkibiga Bosh vazir, madaniyat, iqtisodiyot hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyi direktori va boshqalar kiradi.

 

Dasturning alohida yoʻnalishlari bilan ishchi guruhlar shugʻullanadi, ularning tarkiblari ham hujjat bilan tasdiqlandi. 1.04.2018 yilga qadar ular respublikaning barcha moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarining ularning turistik potensiali, tariхiy-madaniy ahamiyati, teхnik holati kabi koʻrsatkichlari boʻyicha хatlovdan oʻtkazilishini tashkil etishlari darkor.

 

Natijalar barcha ob’yektlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar bilan yaratiladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Malakali mutaхassislardan iborat hududiy ekspert guruhlari meros ob’yektlarini хatlovlar oʻtkazadi.  

 

Hududiy hokimliklar, tegishli davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari ob’yektlar holatini toʻliq oʻrganish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan  va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Lenara Xikmatova.