Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston MDH doirasida yana bir hujjatga qoʻshildi

16.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 1992 yil 13 noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomadir (12.08.2020 yildagi PQ-4806-son qarorga qarang).

 

Bayonnoma 2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari yigʻilishida imzolangan.

 

Hujjatda Migratsiya sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Hamdoʻstlik organlarining vakolatlarini taqsimlash nazarda tutiladi hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining migratsiya organlari rahbarlari kengashi va Maslahat kengashi oʻrtasida migratsiya sohasidagi funksiyalarning takrorlanishi istisno etiladi. Bu MDH ishtirokchi-davlatlarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi kelishuv siyosatining yanada samarali tarzda ishlab chiqilishiga imkon beradi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi unga koʻmaklashadi. TIV tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. Bayonnoma Oʻzbekiston uchun kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, MDH ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashi tashkil etilgan va quyidagilarni amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritadi:

  • maslahatlar berish va oʻzaro manfaatlarni oʻz ichiga olgan muhim muammolar yuzasidan fikr almashish orqali kelishuv siyosatini ishlab chiqish;
  • MDH ishtirokchi-davlatlarining qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish va mehnat munosabatlari, migratsiya, bandlik, aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnat muhofazasi bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish;
  • ushbu masalalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda davlatlararo kelishuvlar loyihalarini tasdiqlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.