Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston MDH doirasidagi yana ikkita hujjatga qoʻshildi

08.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4547-son va PQ-4548-son qarorlarida bayon etilgan.

 

Quyidagi хalqaro shartnomalar toʻgʻrisida soʻz bormoqda:

  • 2006 yil 28 noyabr kuni Minsk shahrida MDH davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining gumanitar hamkorlik boʻyicha kengashi toʻgʻrisidagi bitim. Oʻzbekiston madaniyat vazirligi ushbu hujjatni amalga oshirishda mas’ul, vakolatli organ hisoblanadi;
  • 2008 yil 10 oktyabr kuni Bishkek shahrida MDH davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi boʻyicha kengashi toʻgʻrisidagi bitim. Ushbu hujjatning Oʻzbekistonda amalga oshirilishi uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (vakolatli organ) mas’uldir.

 

Mamlakatimiz TIV mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

 

Hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin davlatimizning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat yuritishlari lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. 

 

Oleg Zamanov.