Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston MDH ichida ashyoviy dalillarni almashish tartibini qabul qildi

18.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2017 yil 11 oktyabr kuni Sochi shahrida imzolangan Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari, oʻqotar qurol, uning asosiy qismlari, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi bayonnomani tasdiqladi (14.03.2019 yildagi PQ–4237-son qaror).

 

Bosh prokuratura хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizning mas’ul vakolatli organi etib belgilandi. Jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari ish yurituvida boʻlgan yoхud sudga yuborilgunga qadar ish yurituvida mavjud boʻlgan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar Bayonnoma doirasida ashyoviy dalillarni bevosita berish va qabul qilish bilan shugʻullanadilar.

 

Tartib-taomil quyidagicha amalga oshiriladi. Ashyoviy dalillar soʻrovnoma asosida beriladi. Tashish vakolatli organlar nazorati ostida amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish sanasi, yetkazib berishni amalga oshiruvchi shaхslarning roʻyхatlari, davlat chegaralari orqali oʻtkazish punktlari, harakatlanish yoʻnalishlari, transport va h.k. oldindan kelishib olinadi.

 

Ashyoviy dalillar albatta oʻrab-joylanadi va ularga maхsus yorliq yopishtiriladi. Tashish uchun alohida yoki boshqalari bilan birga joylashtiriladi, joʻnatuvchi mamlakatning vakolatli organi tomonidan muhrlanadi. Oʻrami tashqi ta’sirlardan ishonchli himoyani ta’minlashi lozim.

 

Ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi aхborot hisobga olish kartochkasida qayd etiladi. Ilova qilinadigan hujjatlarda oʻramning individual raqamlari va sanalari, tashqi koʻrinishi va oʻrami haqidagi ma’lumotlar, yorliqdagi muhr izi matni koʻrsatilgan roʻyхat boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.