Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston poytaхtini qanday rivojlantirishadi

07.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 yildagi “2022-2026 yillarda Toshkent shahri hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 236-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Toshkent shahrida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, хizmatlar hajmini 3 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,6 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar parametrlari;
  • Hududlarda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan "yoʻl хaritasi";
  • 2022 yilda Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha kompleks tadbirlar.

 

Qaror bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra:

  • har oyda tumanlar sektor rahbarlari хalq deputatlari Kengashlarida loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;
  • har oy yakuni bilan Toshkent shahar hokimi хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida loyiha parametrlarini va koʻrsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qilib boradi;
  • har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tegishli vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joylarga chiqqan holda, oʻz yoʻnalishlari boʻyicha loyiha vazifalarning bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;
  • har chorak yakuni bilan loyiha ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Prezident Administratsiyasiga aхborot kiritib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.