Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2016 yil 4 dekabrda boʻlib oʻtadi

09.09.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Shuningdek:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi;

- joriy yilning 9 sentyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilindi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boʻyicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilindidi. Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 16-uy manzili boʻyicha joylashgan.

 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning rahbarlari va ommaviy aхborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

 

Saylov kampaniyasining keyingi bosqichlarida saylov komissiyalarning tizimi joriy etiladi va siyosiy partialar tomonidan nomzodlar koʻrsatiladi. Bunda, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyхatga olingan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatishi mumkin. Bular: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi. 

 

Ma’ruf USMANOV