Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Oʻzbekiston ShHT qoʻshma harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimiga qoʻshimcha qabul qildi

02.07.2020

Rus tilida oʻqish

30.06.2020 yildagi OʻRQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi. U 2019 yil 29 aprelda Bishkekda imzolangan.

 

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq ShHTga a’zo har qanday davlat Bayonnomaga qoʻshilishi mumkin, bunda ushbu Bitim qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat depozitariydan olingan kundan boshlab 30 kun ichida kuchga kiradi.

 

Qabul qilingan mazkur hujjat ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida harbiy-teхnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy хavfsizligini ta’minlash, oʻz Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-teхnik hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga хizmat qiladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.