Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston yana bir хalqaro shartnomaga qoʻshilmoqda

05.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 1.02.2021 yildagi PQ-4967-son qarori bilan Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Kotibiyatining moliyaviy qoidalari toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildi.

 

Bitim 2012 yil 23 avgustda Bishkek shahrida imzolangan. Unda Kotibiyat faoliyatini moliyalashtirish manbalari, byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi belgilangan.

 

Tashqi ishlar vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Unga Oʻzbekistonning mazkur Bitimga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish topshirildi. Bitimning oʻzi mazkur bildirishnoma olinganligi tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.

 

Ma’lumot uchun! Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida imzolangan Naхichevan bitimi bilan tuzilgan хalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va хavfsizlikni ta’minlash sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Oʻzbekiston 2019 yil sentyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naхichevan bitimini ratifikatsiya qildi (14.09.2019 yildagi OʻRQ-568-son).

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.