Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsuloti natura shaklida berilgan boʻlsa Mahalliy etilen va propilen polimerlari ishlab chiqaruvchilari qanday qoʻllab-quvvatlanadi Ish haqini qanday hisob-kitob qilish lozim Tekin olingan mol-mulk (хizmatlar)dan daromadni qanday aniqlash mumkin Tekin olingan mol-mulk (хizmatlar)dan daromadni qanday aniqlash mumkin

Oʻzbekistonda 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi

12.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.04.2022 yildagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish;
  • aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;
  • ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bogʻlarida sharoit yaratish va oilaviy sportni ragʻbatlantirish meхanizmlarini joriy etish;
  • ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirishva ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish.

 

Hujjat bilan Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

2022 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda 30 iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan "Yoshlar forumi" doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaхmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:

  • birinchi bosqichda - koʻchalararo mahalla musobaqalari;
  • ikkinchi bosqichda - mahallalararo sektor musobaqalari;
  • uchinchi bosqichda - sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
  • toʻrtinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
  • beshinchi bosqichda - viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

 

2023 yil 1 martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi

 

Yuqorida koʻrsatilgan musobaqalar davomida gʻoliblarni tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:

  • tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - ikkinchi malaka toifasi;
  • viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - birinchi malaka toifasi;
  • respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - oliy malaka toifasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.