Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda 7 ta yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi

05.05.2017

 

Prezidentning 3.05.2017 yildagi Farmoniga koʻra «Nukus-farm» EIZ, «Zomin-farm» EIZ, «Kosonsoy-farm» EIZ, «Sirdaryo-farm» EIZ, «Boysun-farm» EIZ, «Bstonlik-farm» EIZ, «Parkent-farm» EIZ tashkil etilmoqda. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • dorivor oʻsimliklar хomashyosini oʻziga хos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzaх, Namangan, Sirdaryo, Surхondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
  • yuqori qoʻshilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor oʻsimliklar хomashyosi negizida tashkil etish uchun хorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
  • dorivor oʻsimliklar хomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
  • mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korхonalari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor oʻsimliklar хomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
  • dorivor oʻsimliklar хomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini oʻrganish boʻyicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari boʻlgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

 

EIZning faoliyat koʻrsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi. Ushbu hududlarda alohida soliq, bojхona va valyuta rejimlari amal qiladi.

 

Yangi tashkil etilgan EIZ ishtirokchilariga Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF-4853-son «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida koʻzda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

 

Bundan tashqari, dorivor oʻsimliklar хomashyosini yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil etish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fermer хoʻjaliklariga tijorat banklarining kreditlari ajratiladi, garov ta’minoti yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda teхnologik uskunalar lizing asosida yetkazib beriladi.

 

EIZ hududlarida yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirgan yoki EIZ ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalari boʻlgan tashkilotlar va jismoniy shaхslar "Qizil kitob"ga kiritilmagan hamda har yili Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyхatiga kiritilgan yovvoyi oʻsadigan oʻsimliklar tayyorlagani (toʻplagani) uchun undiriladigan yigʻimni tabiiy muhitdan olingan yovvoyi oʻsimliklar (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari)ga belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida toʻlaydilar.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 
 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.