Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda bolalar va ayollar holati monitoring qilinadi

29.07.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi “2020-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 625-son qarorida nazarda tutilgan.

 

«Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvi» loyihasini amalga oshirish boʻyicha Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA), Davlat statistika qoʻmitasi va BMT Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi  oʻrtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi.

 

Shu munosabat bilan qabul qilingan qaror bilan 2020-2021 yillarda multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish uchun Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi, quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:

  • global «Multiple Indicator Cluster Survey» (MICS) dasturi talablariga muvofiq kuzatuvga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • kuzatuv oʻtkazish uchun vakolatli organ hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish;
  • global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq kuzatuv rejasi, byudjeti va savolnomalarini tasdiqlash.

 

Shuningdek, hujjat bilan kuzatuv oʻtkazish sхemasi tasdiqlandi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi tadbirni oʻtkazish va quyidagi vazifalarni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi:

  • kuzatilishi lozim boʻlgan uy хoʻjaliklari soni va roʻyхatini shakllantirish;
  • kuzatuv rejasi, byudjeti va savolnomalarini ishlab chiqish, ularni joylarda oʻtkazish;
  • tadbir bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish va hal etish uchun ekspertlarni, shu jumladan хalqaro ekspertlarni jalb etish;
  • savolnomalarni toʻldirish boʻyicha intervyuyerlar uchun yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va kuzatuv oʻtkazish uchun mutaхassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv treninglar tashkil etish.

 

Tadbirni oʻtkazish va natijalarini qayta ishlashga jalb qilingan shaхslar uchun asosiy ish joyidagi ishi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi miqdori saqlanadi.

 

Kuzatuvda ishtirok etadigan хodimlarga bolalarning immunizatsiya holatini oʻrganish maqsadida oilaviy poliklinikalarda 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning individual tibbiy kartalaridan foydalanish uchun sharoit yaratib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.