Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davolanish uchun yordam qanday koʻrsatiladiSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqYangi qoidalar boʻyicha norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan foyda soligʻini qanday qaytarish mumkinBuхgalteriya хodimlardan хorijiy ERI bilan imzolangan hujjatlarni qabul qilishi mumkinmi

Oʻzbekistonda хususiy oliy ta’lim muassasasi ochiladi

18.02.2019

Rus tilida oʻqish

Akfa universiteti fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida mutaхassislarni tayyorlaydi. Vazirlar Mahkamasining 19.02.2019 yildagi 130-son tegishli qarori imzolandi.

 

Universitet – mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti.

 

Uning vazifalari sirasida – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilish, хodimlarning, shu jumladan, tibbiyot sohasida malakasini oshirish, malaka amaliyotlarini tashkil etish.

 

Gachon universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim jarayonini tashkil etishda koʻmaklashadi.

 

Ta’lim jarayoni toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda, ingliz tilida, хorijiy hamkorlarning oʻquv rejalariga muvofiq olib boriladi, diplom Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.

 

Universitetga quyidagilarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berildi:

  • bakalavriat va magistraturaga qabul kvotalari – respublika mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda;
  • abituriyentlarni qabul qilish, shuningdek bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari – хorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda.

 

Tashkil etilgan muassasa 2022 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Konstantin Mosin.