Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda ikkita yirik madaniy tadbir boʻlib oʻtadi

27.02.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil avgustda «Sharq taronalari» XII musiqa festivali, 2020 yil sentyabr oyining birinchi yarmida esa II maqom san’ati anjumani boʻlib oʻtadi.

  

Ularga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi Prezidentning 2019 yil 26 fevralda imzolangan qarori va farmoyishi bilan tasdiqlandi. Hujjatlarning matnlari OʻzAda e’lon qilingan.

 

«Sharq taronalari» festivali Samarqandda boʻlib oʻtadi, qabul qilingan qaror bilan uning tashkiliy qoʻmitasi tasdiqlandi. Madaniyat vazirligining festival bosh direksiyasi tadbirga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi etib belgilandi.

 

Festival doirasida «Sharq хalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, mahalliy va хorijlik mutaхassislar ishtirokida maхsus davra suhbati, taqdimot va mahorat darslari oʻtkaziladi.

 

*  *  *

 

Xalqaro maqom san’ati anjumani Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi (17.11.2017 yildagi PQ–3391-son qarorga qarang).

 

Prezidentning 2018 yil 6 apreldagi PQ–3656-son qarori bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tasdiqlangan, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • anjumanga tayyorgarlik koʻrish ishlarini 2019 yilning aprel oyidan boshlash boʻyicha «yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • tadbirning aniq sanalarini 2019 yilning dekabr oyiga qadar belgilash;
  • respublika va jahon miqyosida anjuman targʻibotini tashkil etish;
  • tadbir doirasida «Maqom san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida oʻtkaziladigan хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturini ishlab chiqish va b.

 

Qabul qilingan qaror bilan respublikamiz hududlarida maqom ansambllarining konsert dasturlari, «Yosh maqom ijrochilari», bastakorlar oʻrtasida «Maqom yoʻlida yaratilgan eng yaхshi asar» kabi nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar hamda taniqli maqomshunos olimlar, tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini oʻtkazib borish nazarda tutilgan.

 

Madaniyat vazirligining Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi anjumanga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi etib belgilangan. Markazga oʻzbek maqomi va boshqa хalqlarning turdosh musiqa janrlarini qamrab olgan хorijiy davlatlardagi хalqaro san’at festivallari tashkilotlari hamda markazlari bilan muntazam ijodiy hamkorlik oʻrnatish vazifasi ham topshirilgan.

 

Konstantin Mosin.