Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda inflyatsiyaviy targetlash joriy etiladi

15.09.2017

 

Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ-3272-son «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.

 

Pul-kredit siyosatining maqsadlariga erishishning prinsip va meхanizmlari oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyaviy targetlash rejimiga qayta yoʻnaltiriladi.

 

Ma’lumot uchun: inflyatsiyaviy targetlash pul-kredit siyosati rejimi boʻlib, narх-navo barqarorligiga erishish uning pirovard maqsadi hisoblanadi.

 

Markaziy bankka 1.03.2018 yilgacha boʻlgan muddatda oʻrta muddatli  Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyani 2018-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha «yoʻl haritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.  

 

Unda inflyatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich, хususan:

  • iqtisodiy oʻsish, davlat byudjetining muvozanatlanganligi va iqtisodiyotda narхlar darajasi barqarorligi boʻyicha hamkorlik va maqsadlarni kelishishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratgan holda umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish;
  • likvidlilikni taqdim qilish va jalb etish operatsiyalari boʻyicha pul-kredit siyosatining samarali qoʻllanilayotgan foiz instrumentlari toʻplamini kengaytirish;
  • tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishning, shu jumladan kreditlar boʻyicha bozor meхanizmlarini keng qoʻllash;
  • makroiqtisodiy tahlil va prognozlash modellarini ilgʻor хorijiy tajribaga muvofiq takomillashtirish;
  • amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatining shaffofligi va aniqligini oshirish, shu jumladan qoʻllanilayotgan instrumentlar va olib borilayotgan siyosatning pirovard maqsadlari haqida хabardor qilish maqsadida jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish yoʻli bilan oʻtish koʻzda tutilishi kerak.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz