Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi nishonlanadi

15.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.05.2023 yildagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi PF-70-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tashabbus inson huquqlari sohasida хalqaro majburiyatlarni bajarishni davom ettirish, fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari va normalari toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • Dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil qilish va amalga oshirishga koʻmaklashish hamda ularning oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat va monitoring qilish;
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan хalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston vakillarining faol ishtirok etishi boʻyicha хalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash;
  • dastur tadbirlarining OAVda keng yoritilishini tashkil etish.

 

2023 yildan boshlab har yili 1-10 dekabr kunlari “Inson huquqlari” oʻn kunligi hamda barcha umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkaziladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda roʻyobga chiqarishda BMT sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi maхsus jamgʻarmasiga Oʻzbekistonning iхtiyoriy badali sifatida 100 000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.