Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda olimpiya harakati keng targʻib etiladi

08.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.04.2022 yildagi “Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 162-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlaridan boshlab Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlgan sportchilar hayoti va faoliyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan “Yurt faхri” nomli koʻrgazmalar tashkil etiladi.

 

Koʻrgazma har yili iyul-avgust oylarida sovrindor sportchilar istiqomat qilayotgan mahallalarda hamda oktyabr-noyabr oylarida ular tahsil olgan ta’lim muassasalari, shu jumladan, sport-ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida oʻtkaziladi.

 

Tadbirlar doirasida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari hamda koʻrgazmali tadbirlar tashkil etiladi, shuningdek sovrindor sportchilar va ularning trenerlari ishtirokida “Mahorat saboqlari” oʻtkaziladi.

 

Sportni rivojlantirish vazirligi koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

 

Koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.