Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish tartibi belgilandi

27.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

2018 yil 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim boʻyicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi (26.02.2019 yildagi PQ–4213-son qaror).

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitimda Oʻzbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyat yuritish shartlari va tartibi belgilanmaganligi sababli хalqaro shartnomani imzolash zarurati yuzaga keldi.   

 

Umumiy jihatlar qatori, oʻtgan yil oktyabrda imzolangan Bitimda ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari ham tartibga solingan. Xususan, belgilanishicha, filiallarda Rossiya standartlariga muvofiq keluvchi oʻquv dasturlari boʻyicha ta’lim beriladi. Oʻqish rus tilida olib boriladi, biroq oʻzbek tili va Oʻzbekiston tariхi oʻrganiladi. Bitiruvchilarga Rossiya namunasidagi ta’lim olganlik toʻgʻrisida hujjatlar beriladi. Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 martdan Oʻzbekistonda bunday hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri, maхsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi (tan olinadi) (16.01.2019 yildagi PQ–4119-son qarorga qarang).   

   

Ma’lumot uchun. Ayni paytda mamlakatimizda Rossiyadagi toʻrtta oliy ta’lim muassasasining filiallari ochilgan:

  • G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti (VMning 5.09.2002 yildagi 318-son qaroriga qarang);
  • M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (24.02.2006 yildagi PQ–290-son qarorga qarang);
  • I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (12.01.2007 yildagi PQ–564-son qarorga qarang);
  • Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (11.02.2019 yildagi PQ–4171-son qarorga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2019 yildan kuchga kirdi.

  

Oleg Zamanov.