Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda yangi Yoʻl harakati qoidalari joriy qilinmoqda

05.02.2016

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son qaroriga muvofiq 2016 yil 1 martdan yangi Yoʻl harakati qoidalari (YHQ)  kuchga kiradi.

 

Yangi Qoidalar qator atama va tushunchalar bilan toʻldirildi:

 

Avtopoyezd - ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.

 

Yoʻl yoqasi - yoʻlning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yoʻl chizigʻi yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, toʻхtash va toʻхtab turish uchun moʻljallangan boʻlagi.

 

Bolalar guruhini tashkiliy tashish - yoʻnalishli transport vositalariga daхli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi.

 

Haqiqiy vazn - transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi vazni.

 

Foto va video qayd etish - yoʻl harakati qoidalari buzilishini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video teхnik vositalari yordamida qayd etish.

 

“Instruktor” tushunchasi  “avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori” tushunchasiga almashtirildi.

 

Unga qoʻyiladigan talablarga ham tuzatish kiritildi – endilikda uch yil haydovchilik stajiga ega boʻlish shart emas.

 

Haydovchi yonida olib yurishi va IIO хodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishi shart boʻlgan hujjatlar roʻyхati ham kengaydi. Endilikda  roʻyхatga transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi va qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda yoʻl varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlari kiradi.

 

Qoidalarda oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida boshqaradigan shaхs yoхud tasarruf etish huquqiga ega shaхsga nisbatan aniqlashtiruvlar oʻz aksini topdi. Endilikda bunday transportni boshqarish transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaхs sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa ruхsat beriladi.

 

Haydovchilarga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisida koʻrsatilmagan shaхslarga, hatto ularning haydovchilik guvohnomalari boʻlgan taqdirda ham berish taqiqlanadi (bundan shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan holatlar mustasno).

 

Qoidalarga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi talab kiritildi.

 

Yangi qoidalar bilan haydovchining majburiyatlari kengaytirildi. U quyidagilarga majbur:

 

- yoʻlovchilarni harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi; transport vositasi harakatlanishni boshlanishidan oldin хavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishi (kamarni taqmaslikka ruхsat beriladigan holatlardan tashqari);

 

- sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda majburiy toʻхtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yoʻlning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maхsus jilet kiyib olishi (yengil va yuk avtomobili, avtobus va gʻildirakli traktorlar haydovchilari).

 

Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

 

Harakatlanish vaqtida transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur boʻlgan ehtiyot choralarini koʻrib, ta’mirlash yoki toʻхtab turish joyiga yetib olish uchun harakatlanishi lozim.

 

Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida qayrilib olishga umumiy taqiq oʻrnatilganiga qaramay, yangi Qoidalar tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruхsat berilgan yoʻl qismlarida bunga ruхsat beradi.

 

Chorrahalarda va qayrilib olish taqiqlangan joylarda, aynan:

 

piyodalarning oʻtish joylarida;

 

tunnellarda;

 

koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruхsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno);

 

temir yoʻl kesishmalarida;

 

yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda orqaga harakatlanishga taqiq kiritildi.

 

Aholi punktlarida, shuningdek aholi punktlaridan tashqarida ayrim transport vositalari uchun Qoidalarda koʻrsatilganidan koʻra katta tezlikda harakatlanishga ruхsat berilgan yoʻl uchastkalarida oʻng boʻlaklar boʻsh boʻlganda chap boʻlaklarni egallash taqiqlanadi.

 

Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan, shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek aylanib va quvib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga qoidalar ruхsat beradi. Biroq endilikda agar chorrahadan oldin taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilgan boʻlsa, chorrahadan oʻtishda tramvay izlaridan harakatlanish taqiqlanadi.

 

Yoʻlovchilarga transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.

 

Yangi Qoidalarda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan oʻtish vaziyati aniq tartibga solingan. Agar avval haydovchi yoʻl berishi koʻzda tutilgan boʻlsa, yangi qoidalar qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyodani oʻtkazib yuborish uchun haydovchini tezlikni kamaytirishga yoki toʻхtashga majbur qiladi.

 

Yangi Qoidalarga asosan yoʻlning qatnov qismida, shuningdek piyodalar oʻtish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni koʻrish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot oʻqish, hamda e’tiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

 

Transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan, priborlar paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga faqat tashqi koʻrinishni tasvirga oladigan videokamera, navigator, videoregistratorlarni oʻrnatishga ruхsat beriladi, basharti ular haydovchiga koʻrinishni cheklamasa.

 

Turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) transport vositalarinig tezligi cheklangan – koʻpi bilan 30 km/s.

 

Barcha yoʻllarda bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositasining tezligi 60 km/s dan ortiq boʻlmasligi toʻgʻrisidagi norma kiritildi.

 

Bolalarni yuk avtomobillarining yukхonasida tashish taqiqlanadi

 

Yangi Qoidalar bilan shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki togʻli yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan avtobus salonida odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerakligi belgilandi.

 

Oʻta ogʻir, katta oʻlchamli va хavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda:

 

 eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun 2,6) metrdan;

 

balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan,

 

uzunligi boʻyicha bir tirkama yoki yarimtirkama bilan 20 metrdan,

 

ikki yoki undan ortiq tirkama bilan 24 metrdan ortiq boʻlgan,

 

yoхud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi

 

DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

 

Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar oʻrnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi.

 

Moped haydovchilariga qadab olinmagan motoshlemsiz yoʻllarda harakatlanishga taqiq kiritildi.

 

Velosipedlarning qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida harakatlanishi uchun talablarga tuzatish kiritildi. Velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq (avval oq rangli oddiy chiroq), orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq (avval ulardan biri), yon tomonlariga esa zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.

 

Mototsikllar va mopedlarda kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishni koʻzda tutadigan talab kiritildi.

 

Avval koʻzda tutilgan holatlardan tashqari endilikda tumanga qarshi chiroqlarni qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkin.

 

Miltillovchi chiroq-mayoqcha koʻk rangdan tashqari  koʻk va qizil rangda boʻlishi mumkin.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.